Jahon | 22:08 / 01.05.2016
11737
1 daqiqa o‘qiladi

Eron Bag‘dodga aviareyslarni bekor qildi 

Eron Iroq poytaxti Bag‘doddagi ommaviy namoyishlar tufayli 1 maydan Bag‘dodga aviareyslarni bekor qildi, deb xabar bermoqda IRNA axborot agentligi. 

"Hozirgi voqealar rivoji, shubhasiz, eronlik ziyoratchilarni Bag‘dodga tashuvchi avialaynerlarga muammo yaratadi, shuning uchun Eron aviakompaniyalari Iroq poytaxtiga parvozlarni to‘xtatishga qaror qildi", deb aytdi Eronning haj va ziyoratlar tashkiloti boshlig‘i Said O‘hadiy.      

Ayni vaqtda 300 nafar eronlik ziyoratchi Bag‘dod yaqinida joylashgan. O‘hadiyning aytishicha, ularga hech narsa xavf solmayapti.

Avvalroq namoyishchilar Iroq parlamenti binosiga bostirib kirishgani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid