Turkiya HHK Iroq shimolidagi 34 ta obektni yo‘q qildi
Turkiya harbiy-havo kuchlari Hakurk, Gara, Qandil va Sinjar hududlarida ko‘p sonli jangchilarni yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Turkiya Mudofaa vazirligi 24 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:30 da Iroq shimolidagi KIP va boshqa guruhlar nishonlariga havodan zarbalar berilganini ma’lum qildi. Operatsiyadan maqsad jangchilarni zararsizlantirish, tinch aholi va xavfsizlik kuchlariga qarshi teraktlarning oldini olish edi, deya ta’kidlaydi idora.
Bayonotda aytilishicha, operatsiya natijasida g‘orlar, boshpanalar, omborlar va jangchilar tomonidan foydalanilgan boshqa obektlardan iborat 34 ta nishon yo‘q qilingan.
Qayd etilishicha, operatsiya davomida asosan mahalliy qurollardan foydalanilgan. Turkiya harbiy-havo kuchlari Hakurk, Gara, Qandil va Sinjar hududlarida ko‘p sonli jangchilarni yo‘q qilishga ham muvaffaq bo‘ldi.
«Turk qurolli kuchlari, avvalgidek, terrorga barham berilmaguncha, qat’iyat va fidoyilik bilan unga qarshi kurashni davom ettiradi. Ushbu operatsiya davomida tinch aholiga, do‘stona kuchlarga, tarixiy-madaniy boyliklarga, atrof-muhitga zarar yetkazmaslik uchun barcha choralar ko‘rildi», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
20:33 / 31.10.2024
Turkiya Respublikasining 101 yilligini nishonlayotgan Istanbul – fotoreportaj
09:20 / 31.10.2024
Iroq o‘z havo hududi Isroil tomonidan buzilgani yuzasidan BMTga shikoyat qildi
21:46 / 30.10.2024
Erdo‘g‘an kurdlarni «Turkiya asrini» birgalikda qurishga chaqirdi
20:55 / 30.10.2024