Dembele Kostaning ko‘ziga qo‘lini tiqib olmoqchi bo‘lgani uchun uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin
«Tottenhem» jamoasi yarim himoyachisi Mussa Dembele sportga xos bo‘lmagan xatti-xarakati tufayli 10 o‘yindan chetlatilishi mumkin. Bu haqda The Sun xabar tarqatgan.
Ushbu belgiyalik yarim himoyachi 2 may kuni «Chelsi»ga qarshi kechgan va 2:2 hisobida yakunlangan uchrashuv oxirida yuz bergan janjal vaqtida raqib hujumchisi Diyego Kostaning yuziga chang solgan va qo‘lini uning ko‘ziga tiqib olishiga bir baxya qolgan. O‘yin hakami Mark Klattenburg va uning assistentlari o‘sha vaqtda bu holatni payqashmagan, lekin bu jarayon videokameralarga muhrlangan.
Manbaning yozishicha, Angliya futbol assotsiatsiyasi bu vaziyatni «Liverpul»ning sobiq futbolchisi Luis Suaresning o‘yin vaqtida raqibni tishlashga harakat qilgani voqeasi bilan bir darajada ko‘rib chiqishi mumkin. O‘shanda, 2013 yili mersisaydliklar futbolchisi 10 uchrashuvdan diskvalifikatsiya qilinish bilan jazolangandi.
Eslatib o‘tamiz, londonliklar jamoalari o‘rtasida kechgan bu bahsdan keyin «Tottenhem» chempionlik poygasidagi ishtirokini to‘xtatdi va «Lester» muddatidan oldin chempionlikka erishdi.
Mavzuga oid
11:22 / 17.01.2017
Kosta uchun Ispaniya grandlari talabgor
16:08 / 15.01.2017
Kosta «Chelsi»da qolishi shartini ma'lum qilgan
10:29 / 15.01.2017
«Chelsi» Kosta o‘rniga nomzodlar topib qo‘ydi
22:13 / 06.05.2016