Jahon | 15:14 / 03.06.2016
8769
1 daqiqa o‘qiladi
Kim Chen In sport bilan shug‘ullanishga qaror qildi
KXDR yetakchisi Kim Chen In Pxenyandagi yaqinda rekontruktsiya qilingan, sport mollari ishlab chiqaruvchi zavodga tashrif buyurgan.
1959 yilda barpo etilgan bino yangilanganidan so‘ng, sifatni nazorat qiluvchi eng zamonaviy tizimlar bilan jihozlandi. Bu esa jahon me'yorlariga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi.
Kim Chen Inning so‘zlariga ko‘ra, sport mollari nafaqat, professional sportchilar, balki oddiy koreyaliklar orasida sportni ommalashtirishga ham xizmat qilishi lozim.
Unga, fabrikada ishlab chiqilgan ayrim sport buyumlari, jumladan bouling sharlari, futbol va basketbol to‘plari havola etilgan.