Jahon | 01:03 / 18.06.2016
13835
1 daqiqa o‘qiladi
Tojikistonda uch nafar mahbus soqchilarni otib tashlab, qamoqdan qochib ketdi
Tojikiston shimolidagi Xo‘jand shahridagi tergov izolyatoridan uch nafar mahbus qochib ketdi, deb xabar beradi "RIA Novosti" axborot agentligi mamlakat IIV manbasiga asoslangan holda.
"Uch mahbus mahalliy vaqt bilan 21.00da Xo‘jand tergov izolyatorida qurollarni olib qo‘yib, soqchilarni otib tashlashdi va qamoqdan qochib ketishga muvaffaq bo‘lishdi, ", — deb xabar beradi agentlik.
Nashrning yozishicha, butun mamlakat bo‘ylab IVV xodimlari shoshilinch chaqiruvga jalb etilgan va «qo‘lga olish» rejasi yo‘lga qo‘yilgan. Batafsil ma'lumotlar oshkor etilmagan.