Jahon | 19:28 / 29.06.2016
8752
1 daqiqa o‘qiladi

Xakerlar 25 ming kuzatuv kameralari yordamida DDoS-hujumlarini amalga oshirishgan

Sucuri kompaniyasi ekspertlari, dunyo bo‘ylab internet tarmog‘iga ulangan 25 ming ko‘cha kuzatuv kamerasidan iborat botnetni aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi, deb xabar qilinmoqda tashkilot blogida. 

Ushbu kameralarning 25 foizdan ko‘prog‘i Tayvanda joylashgan. Kuzatuv kameralari, AQSh, Malayziya, Meksika, Indoneziya va Rossiyadagi IP-manzillar bo‘yicha aniqlangan. 

Mazkur tarmoqdan istalgan serverni ishdan chiqarishi mumkin bo‘lgan DDoS-hujumlarni amalga oshirishda foydalanilgan. 

Sucuri kompaniyasi, DDoS-hujumidan aziyat ko‘rgan zargarlik do‘koni murojaatidan so‘ng, jarayonga qiziqib qolgan. Biroq, tadqiqotchilarning ma'lumotlariga ko‘ra, hujum vaqtida soniyasiga 35 mingta HTTP-so‘rov qayta ishlangan. 

Ma'lum bo‘lishicha, ProvisionISR, Qsee, QuesTek, TechnoMate, LCT CCTV, Capture CCTV, Elvox, Novus va MagTec CCTV kabi ishlab chiqaruvchilarning kameralari zararlangani aniqlangan.

Mavzuga oid