Rostov Donda ikki qavatli uy qulab tushdi
Rossiyaning Rostov Don shahrida, ushbu mintaqada hukm surayotgan noqulay ob-havo 2 qavatli turarjoy binosini qulashiga olib keldi. Unda istiqomat qiluvchi aholi xavfsiz joylarga ko‘chirilgan, deb xabar qilmoqda «Interfaks».
Shahar fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bino avariyali deb topilgan. Umuman, kechqurun va tun avvalida dispetcherlik xizmatiga ko‘chki ro‘y bergani, elektr tarmog‘ining uzilishi, suv bosishi haqida 558 marta qo‘ng‘iroq bo‘lgan, 133 ta ariza qabul qilingan.
Kuchli jala quyishi oqibatida, Rossiyaning yirik janubiy shahri ko‘chalari suv ostida qoldi. O‘nlab mashinalar, jamoat inshootlarini suv bosgan.
Noqulay ob-havo shuningdek, bir qizning hayotiga zomin bo‘lgan. U mashina ostiga oqib ketgan. Elektr tarmog‘ida yuz bergan nosozlik tufayli bir bolani tok urgan. Shaharda favqulodda vaziyat tartibi joriy etilgan.
Mavzuga oid
22:47
Putin yana “tarixiy hududlar” haqida gapirdi. U qayerlarni aytyapti?
21:53
Ukraina Rossiya bilan iqtisodiy urushda g‘alaba qozonmoqda - The Economist
20:54
Qozog‘istonda halokatga uchragan samolyot yerdan urib tushirilgani haqida taxminlar yangramoqda
20:34