Jahon | 16:24 / 02.07.2016
10070
1 daqiqa o‘qiladi

Moskva - Samarqand reysi salonda chekayotgan yo‘lovchi tufayli ushlanib qoldi

Moskva shahrining Vnukovo aeroportida Moskva-Samarqand reysi salonda chekayotgan yo‘lovchi tufayli 1 soatga ushlanib qoldi. Bu haqida TASS agentligi Rossiya huquqni muhofaza qilish organlari ma'lumotiga tayanib xabar berdi. 

Samolyot 1 iyul kuni ertalab parvozni amalga oshirishi kerak edi, lekin ekipaj politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, salonda chekayotgan va bort kuzatuvchilarini pisand qilmayotgan yo‘lovchi to‘g‘risida xabar qildi. 

Voqea sodir bo‘lgan joyga yetib kelgan politsiyachilar o‘zbekistonlik qonunbuzarni qo‘lga olishdi. Hozirda u politsiya bo‘limida tergov qilinmoqda. 


 

Mavzuga oid