Iroq bosh vaziri Bag‘dod shahri xavfsizlik xizmati rahbarini vazifasidan ozod etdi
Iroq hukumati raisi Haydar al Abadi Bag‘dod shahri xavfsizlik xizmati rahbari Abbud Kanbarni vazifasidan chetlashtirdi, deb xabar qilmoqda Associated Press.
Poytaxt aholisining shahar xavfsizligiga oid norozilik kayfiyati kuchayib borayotgani, hukumatning keskin qaror qabul qilishiga sabab bo‘lgan. O‘tgan haftada, Bag‘dodda amalga oshirilgan xunrezliklarda 290ga yaqin odam qurbon bo‘lgan edi. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning soni 186 nafarni tashkil etadi.
Al Abadiyning bayonotida, terror tahdidiga qarshi yangi choralara ko‘rilgani ta'kidlangan bo‘lsa-da, ularga oydinlik kiritilmagan.
Qayd etish joizki, Kanbar vazifasidan bo‘shatilgach, bir necha soat o‘tib, Iroq poytaxtida yana bir terakt sodir etilgan. Shialar maqbarasida sodir etilgan portlashda 37 kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
23:26 / 06.11.2024
Boshqirdistonda ko‘mir ortilgan 22 ta vagon relsdan chiqib ketdi
09:20 / 31.10.2024
Iroq o‘z havo hududi Isroil tomonidan buzilgani yuzasidan BMTga shikoyat qildi
01:00 / 31.10.2024
YeI fuqarolariga uch kunga yetadigan zaxira mahsulotlarini to‘plab qo‘yish tavsiya qilindi
12:10 / 28.10.2024