Fan-texnika | 18:59 / 11.07.2016
8635
1 daqiqa o‘qiladi
Nintendo aksiyalari Pokemon Go o‘yini tufayli 25 foizga qimmatlashdi
11 iyul kuni Tokio birjasida Nintendo kompaniyasining aksiyalari mobil qurilmalar uchun mo‘ljallangan Pokemon Go o‘yinining keskin ommalashuvi sabab 25 foizga oshdi. Bu haqida Reuters ma'lum qildi.
Qimmatbaho qog‘ozlar Nintendo kompaniyasining 33 yillik tarixida ilk marta bunday rekord natijani qayd etdi. Aktsiyalar narxi 8 iyul kuni o‘sa boshlagan va 11 iyulga kelib, 25 foizdan ziyod qimmatlashgan.
Shu tariqa o‘yin ishlab chiqaruvchining bozordagi bahosi bir necha kunda 7,5 milliard dollarga oshib, umumiy 23 milliard dollarni tashkil qildi.
Mavzuga oid
23:34 / 06.08.2020
Nintendo’ning sof daromadi pandemiya sababli 541 foizga oshdi
09:00 / 23.11.2018
Faqat 3 kun! «MEDIAPARK» bozori PHILIPS maishiy texnikalariga 40% li chegirmalar taqdim etmoqda!
16:39 / 03.08.2018
AQShda yashovchi shaxs «Samarqand burg‘u asbobi»ning 35 foiz aksiyasi egasiga aylandi
16:58 / 10.04.2018