Kreml: kompaniyalar aksiyalari qulashi bilan bog‘liq vaziyat hukumat nazoratida
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, mamlakat rahbari Vladimir Putinning ish jadvalida iqtisodiy kun tartibi o‘zgarmaydi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Iqtisodiy kun tartibiga keladigan bo‘lsak, u prezidentning ish jadvalida o‘zgarmay qoladi. Hukumat bilan iqtisodiy ishlar bo‘yicha bir xil harakatlar onlayn rejimda amalga oshmoqda. Bu ham hozirgidek qiyin kunlarda, ham oddiy rejimda yuz beradi. Yaxshi bilasizlarki, prezident deyarli har kuni iqtisodiy ishlar bilan u yoki bu darajada bog‘liq bo‘lgan uchrashuvlar o‘tkazmoqda», - deya aytib o‘tdi Peskov.
Shuningdek uning ta'kidlashicha, hukumat Rossiya kompaniyalari aksiyalarining qulashi bilan bog‘liq vaziyatni jiddiy kuzatib bormoqda.
Mavzuga oid
20:45 / 21.09.2024
Zelenskiy Rossiya bilan muzokara uchun «uchta band» tayyorlayotganini ma’lum qildi
17:47 / 21.09.2024
Ukrainadagi urushning hozirgi pallasi: ekspertlar sharhi
15:30 / 21.09.2024
Moskva Rossiya bozorini tark etgan xorijliklar uchun to‘lovni oshirmoqchi
14:30 / 21.09.2024