Jamiyat | 12:52 / 16.07.2016
7847
2 daqiqa o‘qiladi

Keksa ayol 116 ming dollarlik suratdagi krossvordni yechib unga shikast yetkazdi

Nyurnberg politsiyasi San'at va dizayn yangi muzeyiga tashrif vaqtida 116 ming dollarlik suratda tasvirlangan krossvordni yechib, unga shikast yetkazgan 91 yoshli ayolni hibsga olib, keyin qo‘yib yubordi, deb ma'lum qilmoqda OAV.

Kampir huquq-tartibot muassasalari xodimlariga surat yuqorisida "So‘zni qo‘y" degan yozuvni ko‘rib, shunday qilish kerak ekan deb o‘ylaganini aytgan. Ayol politsiyadan qo‘yib yuborildi, unga nisbatan ish qo‘zg‘almadi.  

Muzey direktori Eva Krauzening aytishicha, politsiya suratga shikast yetkazilgani sababli sug‘urta hodisasini rasmiylashtirish uchungina chaqirilgan. Gap shundaki, daniyalik avangardchi-rassom Artur Kepkening surati xususiy kolleksionerdan ijaraga olib turilgan bo‘lgan. Surat 116 ming dollarga baholangan bo‘lgan, endi bu pullar sug‘urta kompaniyasidan qoplanadi. "Kollektsionerning o‘zi bu hodisani yumor bilan qabul qildi. Ayolga hech kim e'tiroz bildirmoqchi emas. U tinchgina uxlayversa bo‘ladi", deb hazil aralash aytdi muzey direktori.

Mavzuga oid