Jamiyat | 10:32 / 20.07.2016
95143
2 daqiqa o‘qiladi

Alisher Usmonovning “Dilbar”i ilk marotaba dengizga chiqarildi

Alisher Usmonovning 545 million yevro qiymatga ega dengiz giganti ilk marotaba dengizga chiqarildi. Sardiniya orollarida mushaklar ostida o‘tgan tantanali marosimda ishtirok etish uchun Robbi Uilyams, Andrea Bochelli, Sharl Aznavur va Karla Brunilar taklif etildi. 

Forbes jurnali 63 yoshli Alisher Usmonovni dunyoning eng nufuzli kishilari ro‘yxatiga qo‘shgan, bundan tashqari u Rossiyaning eng badavlat ishbilarmonlari ro‘yxatida 3-o‘rinni egallaydi. Moliyaviy ahvoli 14 milliard dollarga baholangan hamyurtimiz dunyodagi eng katta yaxtani qo‘lga kiritib, uni onasining sharafiga “Dilbar” deb nomladi. U Sardiniyaning Zumrad sohillaridan ilk marotaba dengizga chiqarildi. 

“Dilbar” – tonnasi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda, uzunligiga ko‘ra esa to‘rtinchi pog‘onada turadi. Uning uzunligi – 156 metr, kengligi – 23 metr, balandligi – 30 metrni tashkil qiladi, yaxta 80 kishiga mo‘ljallangan. Usmonovning bundan avvalgi yaxtasi 110 metrdan iborat edi. 

Alisher Usmonov yaxtasini o‘zining Sardiniyadagi villasi qarshisiga – Kala di Volpe va Romatstsino ko‘rfazlari o‘rtasiga joyladi. 

Mavzuga oid