Chilida 70ta kitning o‘limi sabablari o‘rganilmoqda
Chili hukumati mamlakat janubidagi kitlarning ommaviy o‘limi qayd etilgan yangi holatni o‘rganib chiqmoqda. Cooperativa radiostansiyasining xabariga ko‘ra, Kleman oroli qirg‘og‘ida kamida 70ta o‘lik mavjudot topilgan.
Yaqin kunlarda kitlarning jasadi topilgan joyga ekspeditsiya yo‘l oladi, uning a'zolari tahlil uchun namunalar olishi hamda halok bo‘lgan dengiz mavjudotlarining sonini aniqlashi kerak bo‘ladi. Chili baliqchilik milliy xizmati xodimlarining fikricha, sut emizuvchilarning o‘limiga mikroskopik suv o‘tlaridan ajralib chiqadigan toksinlar sabab bo‘lishi mumkin. Ularning tezkor ko‘payishi "qizil to‘lqin" nomini olgan. Bunday holatda suvdagi toksinlar konsentratsiyasi dengiz mavjudotlarining halokatiga sabab bo‘ladi.
Bu Chilida dengiz mavjudotlarining so‘nggi paytda ro‘y berayotgan birinchi ommaviy halokati emas. O‘tgan yilning noyabrida Tinch okeanining Penyas ko‘rfazi sohillarida 300dan ortiq kitning jasadi topilgan. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, jonivorlar "qizil to‘lqin"ning qurboni bo‘lishgan.
Joriy yilning may oyida Chilining ikkita mintaqasi - Los-Rios va Los-Lagos - sanitarik xavf hududi, deb e'lon qilingan. Toksinlar minglab dengiz mavjudotlarining o‘limiga olib kelgan.
Mavzuga oid
16:22 / 21.09.2024
Robert Kennediga qarshi tergov boshlandi, u 30 yil avval kitning boshini uzganlikda gumonlanmoqda
14:07 / 10.09.2024
Politsiya: «Josus»-kit Xvaldimir otib o‘ldirilmagan
11:51 / 05.09.2024
Hayvonlarni himoya qilish tashkiloti: Rossiya «josus»-kiti otib o‘ldirilgan
10:19 / 25.04.2024