Light | 17:58 / 23.07.2016
11038
2 daqiqa o‘qiladi

Fyodor Konyuxov eson-omon Avstraliyaga qo‘ndi

Rossiyalik ekstremal sayyoh Fyodor Konyuxov Avstraliya hududiga sog‘-salomat qo‘nib, Yer sayyorasi bo‘ylab havo sharida aylanish bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘z nomiga rasmiylashtirdi. 

Bortida rossiyalik sayyoh bo‘lgan «Morton» havo shari 11 bir kun 6 soat ichida 35 ming kilometrni ortda qoldirdi va 3ta okean, 3 qit'ani aylanib o‘tish chog‘ida bir necha marta rekord qo‘ydi. 

Birinchidan, amerikalik Stiv Fosset natijasi yaxshilandi. U, 2002 yili Yer sharini 13 kun 8 soatda aylanib chiqqan edi. Ikkinchidan, u aylana sayohat masofasini ming kmga uzaytirdi. Uchinchidan, rossiyalik sayyoh hamkasbi Fossetdan farqli ravishda, olti urinishda emas, birinchi urinishda havoga ko‘tarildi. 

21 iyul kuni siklonni aylanib o‘tish maqsadida, balandlikka ko‘tarilgan Konyuxov havo sharidagi balandlik rekordini ham yangiladi. Fosset 10 ming 200 metrga ko‘tarilgan bo‘lsa, Fyodor 10 ming 600 metrga ko‘tarila olgan.

Mavzuga oid