Jahon | 14:47 / 25.07.2016
7881
1 daqiqa o‘qiladi

Bag‘doddagi portlashni IShID sunniylar va shialar orasiga nifoq solish uchun uyushtirgan

Iroqning Al-Majma shahridagi portlashlar uchun javobgarlikni IShID terrorchilar to‘dasi o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda Al Arabia xabar bermoqda.

Manbada aytilishicha, portlashlar sodir etilgan joy Iroqning eng ko‘p sunniylar istiqomat qiladigan hududi hisoblanadi. U Qadimiya okrugida joylashgan.

Iroq rasmiylarining ta'kidlashicha, IShID bu portlashni sunniy va shialar o‘rtasiga nifoq solish uchun amalga oshirgan. Mamlakatdagi oxirgi ikki portlash ham sunniylar ko‘p yashaydigan hududlarda sodir bo‘lgan.

Mavzuga oid