BMT XK Iroqdagi missiyasini bir yilga uzaytirdi
BMT Xavfsizlik Kengashi Iroqqa yordam ko‘rsatish bo‘yicha vakolatli missiyasi (BMTIYoKM) muddatini 2017 yilning 31 iyuliga qadar uzaytirdi. Bu haqida TASS xabar qildi.
XK a'zolari hujjatda “Iroqdagi terrorchi guruhlar, jumladan, IShID faoliyati saqlanib qolgan hozirgi vaziyatga nisbatan jiddiy xavotirda ekanliklarini” bildirishdi. Xavfsizlik, siyosat, shuningdek iqtisodiy va gumanitar sohalardagi muammolarni hal qilishda “tahdidga qarshi chiqishga qodir yagona vosita - barcha iroqliklarning birgalikda harakat qilishi”, deb ta'kidlanmoqda Xavfsizlik kengashida.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iroqqa yordam ko‘rsatish bo‘yicha missiyasi 2003 yilning 14 avgustida - AQSh va Buyuk Britaniyaning harbiy operatsiyasi natijasida Saddam Husayn rejimi to‘ntarilganidan to‘rt oy o‘tib, Xavfsizlik kengashi tomonidan ta'sis etilgan. 19 avgustda BMTning Bog‘doddagi vakolatxonasida portlash sodir etilib, buning natijasida 22 nafar xodim, shu jumladan missiya rahbari BMT bosh kotibining Iroqdagi maxsus vakili Serjiu Viyeyra di Mellu halok bo‘lgan. Shundan keyin tez orada missiya Iordaniyaga evakuatsiya qilingan va 2004 yilning avgustida Bog‘dodga qaytgan.
Bugun qabul qilingan rezolyutsiyada Xavfsizlik kengashi Bog‘dodni “BMTni Iroqda xavfsizlik va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda davom etishni, boshqa mamlakatlarni esa – yetarli hajmda resurslar yetkazib berish”ga chaqirdi.
Bugungi kunda BMTIYoKM oldiga qo‘yilgan vazifalar doirasiga Iroq hukumati va xalqiga demokratik institutlarni mustahkamlash va siyosiy muloqotni targ‘ib qilish, qochqinlarga yordam ko‘rsatish va inson huquqlarini himoya qilish masalalarida yordam ko‘rsatish kiradi. Bundan tashqari missiya turli agentliklar, jamg‘armalar va BMT dasturlari, shu jumladan aholiga yordam ko‘rsatish dasturlariga oid sa'y-harakatlarini muvofiqlashtiradi.
Hozirda missiya Iroq xavfsizlik kuchlari IShIDdan qaytarib olishga harakat qilayotgan Mosul shahrida gumanitar operatsiyani amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Har ikki oyda BMTIYoM inson huquqlarini buzishga doir ma'ruza chiqaradi, shu bilan birga mamlakatdagi zo‘ravonlik qurbonlarining oylik hisobotini olib boradi. Missiya ma'lumotlariga ko‘ra, iyun oyida Iroqda 650 nafardan ortiq kishi halok bo‘lgan, 1457 kishi jarohat olgan.
Mavzuga oid
17:39 / 07.11.2024
BMT Markaziy Osiyoda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni kamayganini qayd etdi
17:00 / 05.11.2024
O‘tgan yuz yilda sunami 260 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi - BMT
14:10 / 05.11.2024
BMT: RF va KXDR o‘rtasidagi hamkorlik «xavfli eskalatsiya»ga olib keladi
13:50 / 05.11.2024