Almazbek Atambayev: “Konstitutsiya mualliflari mamlakat mustaqilligini sotib yuborishgan”
«Mamlakatning amaldagi Konstitutsiyasi mualliflari Qirg‘iziston mustaqilligini BMTning 12 kishilik guruhiga sotib yuborgan», - deb bayonot bergan Qirg‘iziston respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev jurnalistlar bilan muloqotida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Konstitutsiya shunday bo‘lishi kerakki, mamlakat qiyin damlarga tushmasin. Shu bilan birga, kelajak xavf ostida qolmasin. Shu boisdan ham, bugungi kunda mamlakat Asosiy qonunini “minalardan” tozalash maqsadida o‘zgartishlar kiritilmoqda”.
Atambayevning aytishicha, mustaqil bir mamlakatning Oliy sudi chiqargan qarorni qandaydir siyosiy tashkilotning 12 kishidan iborat guruhi bekor qila olsa, bu mamlakatni mustaqil deb atab bo‘lmaydi. Chunki, BMT har doim ham xolis va to‘g‘ri qaror qabul qilavermagan. Shunday ekan, Qirg‘izistonning amaldagi Konstitutsiyasini ishlab chiqqanlar davlat mustaqilligini tortiq qilishgan.
Mavzuga oid
21:34 / 05.11.2024
Qirg‘izistonlik ayollar 10 nafargacha farzand ko‘rishga chaqirildi
19:40 / 05.11.2024
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi 3 ta chegara bojxona postlarida transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi
18:09 / 05.11.2024
Turkiya Qirg‘izistonning tashqi qarzidan kechdi
17:12 / 05.11.2024