Jahon | 09:23 / 05.08.2016
8097
1 daqiqa o‘qiladi
Germaniya TIV Turkiyani o‘lim jazosini tiklash oqibatlaridan ogohlantirdi
Turkiyada o‘lim jazosini qo‘llash amaliyotining tiklanishi uning YeIga kirishi uchun to‘siq bo‘ladi, deya Germaniya tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayyer so‘zlaridan iqtibos keltiradi Reuters agentligi. Shu bilan birga, Shtaynayyer, shimoliy Shtralzund shahrida chiqish qilar ekan, rasmiy Anqara bilan muzokaralarni to‘xtatib qo‘yishga vaqtli ekanini aytgan.
2-avgust kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakatning aksariyat fuqarosi o‘lim jazosini tiklash tarafdori ekanini e'lon qilgan edi.
«Buni fuqarolarning 57 foizi xohlamoqda, parlament ham shuni ma'qullasa, hech kim to‘sqinlik qila olmaydi», — degan edi Erdo‘g‘an.
Mavzuga oid
11:37 / 15.11.2024
YeI birinchi marta qurolni birgalikda sotib olishni moliyalashtiradi
08:08 / 14.11.2024
Borrel YeIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
11:29 / 06.11.2024
Ukrainaga yordam: YeI AQSh saylovlari natijalarini kutmoqda
10:08 / 06.11.2024