Jahon | 09:16 / 05.08.2016
26358
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmaniston Qozog‘iston bilan chegarasini yopdi

Turkmaniston Respublikasi xavfsizlik choralari kuchaytirilishi tufayli Qozog‘iston bilan chegarasini besh kunga yopdi. 

"Turkmaniston chegaralarida xavfsizlik choralari kuchaytirilgani bois, 4-8 avgust kunlari soddalashtirilgan tartibda mamlakatga kirib kelayotgan xorijiy fuqarolar respublikaga kiritilmaydi", - deya xabar qilgan Qozog‘iston Mangistau viloyati davlat daromadlari departamenti matbuot xizmati. 

Turkmanistonga soddalashtirilgan kirish tartibi Qozog‘istonning Mangistau viloyati fuqarolariga tegishlidir. 

Hozirgi vaqtda, qozoq-turkman chegarasida ikkita o‘tkazuv punkti mavjud: "Temir-baba" avtomobil o‘tkazuv punktida ayni nomdagi bojxona posti ham faoliyati yuritadi hamda "Bolashak" temir yo‘l bojxona posti.

Mavzuga oid