Iqtisodiyot | 17:18 / 19.08.2016
7083
1 daqiqa o‘qiladi

«Ohangaronsement» tabiiy konlardan foydalanish huquqiga ega bo‘ldi

«Ohangaronsement» AJ tabiiy boyliklar mavjud bo‘lgan hududlardan foydalanish huquqini qo‘lga kiritdi. Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining rudasiz foydali qazilma uchastkalaridan foydalanish litsenziyasini beruvchi komissiyasi  «Ohangaronsement» AJga litsenziya taqdim etgan.

Xususan, kompaniya Urg‘oz konida ohaktoshlarni va Karaxtoy konida andezibazaltlarni qazib olishi mumkin. 

«Ohangaronsement»  AJ O‘zbekistonning sement ishlab chiqaruvchi yirik sanoat korxonalaridan biridir. Kompaniya mamlakat sement ishlab chiqarish sohasida tayyor mahsulot hajmi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi. 

Mavzuga oid