Jahon | 17:09 / 20.08.2016
9583
2 daqiqa o‘qiladi

Reuters: AQSh armiyasi trillion dollarlik hisobotlarni soxtalashtirmoqda

AQSh mudofaa vazirligining bosh inspektori iyun oyi hisobotida ma'lum qilishicha, mamlakat armiyasi 2015 yilning birgina choragidagi moliyaviy hisobotiga 2,8 trillion dollarlik "to‘g‘irlashlar kiritgan", butun bir yil hisobotiga esa - 6,5 trillion dollarlik o‘zgarishlar. Bu haqida Reuters agentligi ma'lum qildi. 

Shunga qaramay, AQSh armiyasi hisobotida xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar yetishmayapti, taqdim etilgan ba'zi hisobotlar esa - soxta. Natijada Amerika quruqlikdagi kuchlarining 2015 yil uchun moliyaviy hisoboti buzib ko‘rsatilgan. 

Mudofaa vazirligi va armiya moliyaviy boshqaruvi endi resurslarni ajratishda bu buxgalterlik ma'lumotlariga tayana olishmaydi. Soxtalashtirish natijasida AQSh Mudofaa vazirligi byudjyetni qay tariqa sarflashini ajratib olish muammoga aylandi. Yangi hisobot harbiy byudjyetning ikki asosiy bo‘limlaridan biri bo‘lgan Umumiy armiya fondiga alohida e'tibor qaratadi, bu fond aktivlari 2015 yilda 282,6 milliard dollarni tashkil qilgan. AQSh Mudofaa vazirligining byudjyeti 2016 yilda 573 milliard dollarni tashkil qiladi.

2017 yilning 30 sentabrida Mudofaa vazirining kompleks auditi bo‘lib o‘tadi. Hisobot bilan bog‘liq hiylalarning oshkor bo‘lishi belgilangan muddatga rioya qilishni shubha ostiga qo‘yadi. Vazirlikning rasmiy vakili moliyaviy hisobotdagi o‘zgarishlarga u qadar jiddiy e'tibor bermadi: "Biroz to‘g‘irlashlar kiritilgan bo‘lsa-da, taqdim etilgan moliyaviy hisobot ma'ruzada taxmin qilinganidan ancha aniqroq ekanligiga ishonchimiz  komil".  
 

Mavzuga oid