Jahon | 10:12 / 24.08.2016
8917
1 daqiqa o‘qiladi
Saudiya Arabistonida masjidga uyushtirilgan hujum bartaraf etildi
Xavfsizlik kuchlari xodimlari Saudiya Arabistonidagi masjidlardan biriga uyushtirilayotgan hujumning oldini olishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqida Al Arabia nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, voqea 23 avgust kuni Ash-Sharqiyya provinsiyasi Al-Qatif tumanidagi Um-al-Hamam qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan. Taxminiy terrorchi qurolli kuchlar bilan bo‘lgan otishmada o‘ldirilgan. Voqea sodir bo‘lgan joyda tergov ishlari olib borilmoqda.
Ash-Sharqiyya – mamlakatning asosan shia musulmonlari istiqomat qiluvchi yagona hududi. Shu bois bu yerda diniy tushunmovchiliklar asnosida ko‘p ziddiyatlar yuzaga keladi.
Mavzuga oid
19:01
O‘zbekiston va Saudiya bosh prokurorlari tergov va axborot almashinuvida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzoladi
09:25
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi
18:01 / 10.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni va Ozarboyjonga boradi
12:37 / 27.10.2024