Iroqda davomli portlashlar va otishma natijasida 13 kishi halok bo‘ldi
Kamida 13 kishi Iroq poytaxtining turli hududlarida ro‘y bergan portlashlar va otishmalar oqibatida halok bo‘lgan, 24 kishi jarohat olgan. Bu haqda Associated Press xabar tarqatdi.
Manbaning politsiyachilarga asoslanib xabar berishicha, Bag‘dodning janubiy va shimoliy tumanlarida odamlar ko‘p to‘plangan, tijoriy muassasalar joylashgan ko‘chalarda portlashlar amalga oshirilgan va 5 kishi halok bo‘lib, 17 kishi jarohatlangan. Shaharning sharqiy qismida ikkita avtomobil portlatilishi oqibatida yana 2 kishi halok bo‘lib, 7 kishi jarohatlangan.
Shu vaqtda shaharning turli hududlarida otishma ro‘y bergan va natijada 6 kishi halok bo‘lgan.
Hozircha bu hodisalar uchun javobgarlikni hech bir tashkilot o‘z zimmasiga olmadi.
Bundan oldinroq, Sinxua agentligi Iroq poytaxtidagi teraktlar oqibatida 18 nafar politsiyachi halok bo‘lgani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
09:20 / 31.10.2024
Iroq o‘z havo hududi Isroil tomonidan buzilgani yuzasidan BMTga shikoyat qildi
12:10 / 28.10.2024
Turkiya HHK Iroq shimolidagi 34 ta obektni yo‘q qildi
11:00 / 23.10.2024
Iroq: G‘azo va Livandagi urush boshqa mintaqalarda yangi mojarolarga olib kelishi mumkin
23:04 / 02.10.2024