Jahon | 23:23 / 01.09.2016
8863
2 daqiqa o‘qiladi

"Antonov" kompaniyasi An-225 samolyoti uchun huquqlarni Xitoyga bermasligini ma'lum qildi

Ukrainaning "Antonov" kompaniyasi Xitoyga intellektual mulk va An-225 "Mriya" samolyotlari sertifikatiga egalik qilish huquqlarini bermasligini ma'lum qildi.

Xabarda aytilishicha, "Antonov" va Xitoyning Aerospace Industry Corporation of China (AICC) kompaniyalari An-225 dasturi bo‘yicha hamkorlik qilish haqidagi kelishuvni imzolashgan, bu esa tomonlar uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish istagida ekanliklarini bildiradi. Uning 1-bosqichida Ukraina kompaniyasi An-225 "Mriya"ning  modernizatsiyalashgan ikkinchi nusxasini quradi va uni Xitoy kompaniyasiga topshiradi. 2-bosqichda esa samolyotni "Antonov" litsenziyasi bo‘yicha Xitoyda seriyali tarzda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.  

Avvalroq Xitoy kompaniyasi dunyodagi eng katta transport samolyotiga egalik qilish huquqi, jumladan samolyotning chizmalari va spetsifikatsiyalaridan foydalanish huquqini olishi ma'lum qilingandi.

Hozirda samolyot faqatgina yagona nusxada mavjud.

 

Mavzuga oid