Jahon | 22:19 / 01.09.2016
6511
1 daqiqa o‘qiladi

Iroqda avgust oyida teraktlar oqibatida 700 kishi halok bo‘ldi

Foto: © AFP

Iroqda zo‘ravonlik va terrorchilik harakatlari oqibatida avgust oyida 700 kishi halok bo‘ldi va mingdan ko‘proq kishi jarohat oldi, deb aytilmoqda BMTning Iroqqa ko‘mak berish missiyasi bayonotida.

"Iroqda zo‘ravonlik, terrorchilik va harbiy ixtilof oqibatida avgustda umumiy hisobda 691 iroqlik o‘ldirilgan, 1016 iroqlik jarohat olgan", deyilmoqda xabarda.

Bayonotda ma'lum qilinishicha, eng ko‘p qurbonlar Bog‘dodda bo‘lgan, bu yerda 231 kishi halok bo‘lgan, 676 kishi jarohat olgan. 

BMT bosh kotibining Iroq bo‘yicha vakili Yan Kubish ixtilofning barcha tomonlarini Iroqdagi tinch aholini himoya qilish uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshirishga chaqirdi va iroqliklarga "shafqatsiz zo‘ravonlik" oldida birlashishni taklif qildi.

 

Mavzuga oid