Toshkent va Moskva hamkorlikning barcha masalalari bo‘yicha ishni davom ettirishga kelishib oldi
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda Rossiya va O‘zbekiston o‘zaro hamkorlikning barcha masalalari bo‘yicha ishni davom ettirishiga umid bildirdi. O‘z navbatida Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston bu yo‘nalishda Islom Karimov belgilab bergan barcha ishlar davom ettirilishini ta'kidlab o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov O‘zbekistonning "mustahkam davlat bo‘lishi va barcha jarayonlar normal, osoyishta rivojlanishi" uchun ulkan ishlar qilganini ta'kidlab o‘tdilar.
"Biz buni juda qadrlaymiz. Biz O‘zbekistonning birinchi prezidentini doimo yodda saqlaymiz", deb aytdi Medvedev.
Medvedev o‘z nomidan va Rossiya prezidenti Vladimir Putin nomidan Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirib qoldi.
O‘z navbatida Mirziyoyev hamkasbiga Islom Karimovning vafoti munosabati bilan o‘tkazilgan motam tadbirlarida ishtirok etgani uchun minnatdorchilik bildirdi.
"Shunday musibatli soatlarda siz biz bilan bo‘lganingiz uchun minnatdorman. Siz har bir uchrashuv foydali bo‘lganini aytdingiz va bu haqiqatda ham shunday", deb aytdi Mirziyoyev.
Mirziyoyev Islom Karimov hayotining oxirgi daqiqalarigacha o‘zini xalqi va Vatani uchun bahshida etgan buyuk inson bo‘lganini ta'kidlab o‘tdi.
"Bizning Rossiya bilan munosabatlarimiz, siz to‘g‘ri aytgandek, strategik munosabatlardir", deb aytdi Mirziyoyev. Bosh vazir Vladimir Putin va Islom Karimov o‘rtasidagi munosabatlar "mutlaq boshqacha bo‘lganini", biroq ular tomonidan solingan asos ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga imkon berishini aytib o‘tdi.
"Barcha loyihalarimiz, hujjatlarimizni inventarizatsiya qilamiz. Karimov belgilab bergan barcha ishlarni qilamiz, rossiyalik do‘stlarimiz bilan birgalikda ishlashni, olg‘a borishni davom ettiramiz. Haqiqatda bizda umumiy jihatlar juda ko‘p", deb aytdi O‘zbekiston bosh vaziri.
Mavzuga oid
22:10 / 28.09.2024
Ukraina razvedkasi Moskva viloyatida Rossiya armiyasi polkovnigi o‘ldirilganini ma’lum qildi
20:45 / 28.09.2024
Rossiyada maktab direktori ota-onalarga migrantlar tufayli o‘zbek tilini o‘rganishni taklif qildi
20:30 / 28.09.2024
«Azimut» aviakompaniyasi Rossiyadan O‘zbekistonga reys ochishni rejalashtirmoqda
18:54 / 28.09.2024