Reyganga suiqasd uyushtirgan amerikalik 35 yildan keyin ozodlikka chiqdi
35 yil avval AQShning o‘sha paytdagi prezidenti Ronald Reyganga suiqasd uyushtirgan Jon Xinkli 35 yildan keyin ruhiy kasallar shifoxonasidan qo‘yib yuborildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Avvalroq Vashington federal sudyasi Xinklining onasi bilan yashashga ruxsat berish bo‘yicha iltimosnomasini qondirgandi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Xinkliga matbuot bilan muloqot qilish, tegishli ruxsatsiz ijtimoiy tarmoqlarda akkauntlarga ega bo‘lish, spirtli ichimlik iste'mol qilish taqiqlab qo‘yildi. Unga har ikki oyda ruhshunos bilan uchrashish va guruhli terapiya seanslariga borish belgilab qo‘yildi. Shuningdek, u haftasiga uch kundan ortiq ishlamasligi kerak.
Reyganga suiqasd u prezident lavozimiga o‘tirganidan bor-yo‘g‘i ikki oy o‘tib, 1981 yil 30 martda Vashingtonda sodir etilgan. Unga o‘q uzgan 25 yoshli diskjokey Jon Xinkli bo‘lib chiqqan. Xinkli Reygan quruvchilar kasaba uyushmasi qurultoyidagi nutqidan keyin mehmonxonadan chiqayotganda unga o‘q uzgan.
Otishma oqibatida Reygan va Oq uy matbuot kotibi, maxfiy xizmat xodimi va politsiyachi og‘ir jarohatlar olganlar. Sud-tibbiyot ekspertizasi Xinklini aqli noraso deb topgan.
Mavzuga oid
23:52 / 19.09.2024
AQSh Maxfiy xizmati Ilon Maskning o‘chirib yuborilgan tviti bo‘yicha tekshiruv boshladi
08:30 / 17.09.2024
Trampga suiqasdda gumonlanayotgan shaxsga ayblov qo‘yildi
09:40 / 16.09.2024
FQB: Golf-klub yonidagi voqea Trampga suiqasd bo‘lishi mumkin
21:25 / 14.09.2024