Jamiyat | 07:28 / 19.09.2016
9744
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning Astraxan viloyatidagi saylov uchastkasida ayol ovoz berish guvohnomasini yeb qo‘ydi

Rossiyaning Astraxan viloyatidagi 316-saylov uchastkasida bir ayol doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyiga biriktirilgan saylov uchastkasi o‘rniga istalgan boshqa saylov uchastkasida ovoz berish huquqini beruvchi guvohnomani yeb qo‘ydi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. 

Voqea yuzasidan tekshiruv o‘tkazildi.

"Ayolga tez tibbiy yordam chaqirtirildi, biroq u so‘roq vaqtida barchasini inkor qilgan. Bu tekshiruv natijalari prokuratura orqali  tergov qo‘mitasiga topshiriladi", deb aytildi xabarda.

Ma'lum qilinishicha, ayol erkakcha familiyali guvohnoma bilan saylov byulletenini olmoqchi bo‘lgan. Kuzatuvchining bunga qarshilik ko‘rsatishi vaqtida ayol kuzatuvchining qo‘lini tishlab olgan va so‘ngra guvohnomani og‘ziga solib chaynay boshlagan.

Avvalroq Astraxan viloyati saylov komissiyasi raisi Igor Korovin saylov komissiyasi ovoz berishda ishtirok etgan aholidan kolbasa va pullar bilan ovozlarni sotib olishga urinishlar bo‘lganidan shikoyatlar olganini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid