Jamiyat | 14:51 / 23.09.2016
15111
1 daqiqa o‘qiladi

Peterburgda ishga kirgan yigit ilk kundayoq ofisdagi barcha noutbuklarni o‘g‘irlab ketdi

Sankt-Peterburgda Belarus fuqarosi plastik oynalar ishlab chiqaruvchi kompaniyaga ishga kirib, 3 soatdan keyin ofisdagi noutbuklarni oldi-da, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda Life nashri huquq-tartibot organlaridagi manbasiga asoslangan holda xabar berdi.

29 yoshli belaruslik 20 sentabr kuni ishga kirgandi. U keyingi kuni ishga kelgan va 3 soatdan keyin o‘g‘irlikni amalga oshirgan. Uning ofisdagi barcha noutbuklar yig‘ishtirib solingan katta sumkani olib ketayotgani kuzatuv videokameralariga muhrlangan.

Kompaniya xodimlari politsiyaga murojaat etishgan. Nashrning yozishicha, voqea joyida gumondorning barmoq izlari olingan.

Mavzuga oid