O‘zbekiston | 14:04 / 24.09.2016
65963
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan mahrum bo‘lish hollariga oydinlik kiritildi

“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarda respublika fuqaroligidan mahrum bo‘lish hollariga oydinlik kiritildi. Shu haqdagi qonunni O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev imzolagan. 

Unga muvofiq, O‘zbekiston fuqarosi:
-  chet davlatda harbiy xizmat, xavfsizlik xizmati, politsiya, adliya idoralari yoki davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa idoralariga ishga kirsa; 
-  chet elda uch yil ichida uzrsiz O‘zbekiston konsulligi hisobida turmasa; 
-  O‘zbekiston fuqaroligini soxta hujjatlar yoki yolg‘on ma'lumotlar asosida olgan bo‘lsa;
-  chet davlat foydasini ko‘zlash, tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazsa;
-  xorijiy davlat fuqaroligini olsa, (bunda, u 1 oy muddat ichida O‘zbekiston IIV idoralari yoki xorijdagi konsulligiga fuqaroligini o‘zgartirganini ma'lum qilishi shart) O‘zbekiston respublikasi fuqaroligidan mahrum etiladi.  

Shu bilan birga, Fuqarolik to‘g‘risidagi qonunning 26-moddasiga kiritilgan 5-qismga ko‘ra, chet el fuqarosi mazkur moddaning birinchi, ikkinchi va to‘rtinchi qismlarida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan farzandlikka olinsa, o‘z fuqaroligidan chiqqan taqdirdagina, O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilinadi. 

Mavzuga oid