Jamiyat | 09:09 / 25.09.2016
9739
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning 21ta shahrida abortni taqiqlashga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi

Dublin shahrida minglab kishilar Irlandiyadagi abort bo‘yicha qat'iy tartiblarga qarshi namoyishlarga chiqdi. Bunday harakatlar dunyoning yana 20 shahrida o‘tkazildi.

"Bi-bi-si" xabariga ko‘ra, Berlin, Melburn va London kabi yirik shaharlarda ham irland diasporalari ko‘chalarga chiqqan.

Qayd etilishicha, namoyishchilar abortni taqiqlash bo‘yicha qonunni bekor qilish masalasida referendum o‘tkazishga chaqirmoqda.

Irlandiya qonunchiligiga ko‘ra, homilador ayolning hayotiga xavf tug‘ilgan taqdirdagina abortga ruxsat beriladi.

Shu yilning mart oyida Varshavada yuzlab ayollar abortlar masalasidagi cheklovlarni bekor qilish talabi bilan namoyish o‘tkazgandi.

Mavzuga oid