YeIda LinkedIn ijtimoiy tarmog‘i 310 mln yevro jarimaga tortildi
LinkedIn tomonidan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha olib borilgan ishlar «ma’lumotlarni himoya qilishning asosiy huquqlari yaqqol va jiddiy buzilishidir».
Irlandiyaning ma’lumotlar himoya qilish komissiyasi foydalanuvchilarga tegishli shaxsiy ma’lumotlarni noqonuniy ravishda qayta ishlagan LinkedIn ijtimoiy tarmog‘ini 310 million yevro miqdorida jarimaga tortdi, deb xabar beradi Bloomberg.
Qaror, shuningdek, Microsoftʼga tegishli LinkedIn kompaniyasiga ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini Yevropa Ittifoqining ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha umumiy reglamentiga muvofiqlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmani ham o‘z ichiga oladi.
Irlandiya regulyatori rahbarining o‘rinbosari Grem Doylning ma’lum qilishicha, LinkedIn tomonidan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha olib borilgan ishlar «ma’lumotlarni himoya qilishning asosiy huquqlari yaqqol va jiddiy buzilishidir».
LinkedInʼning ma’lum qilishicha, mazkur ish 2018 yilgi YeIdagi ayrim raqamli reklama choralari bo‘yicha bildirilgan e’tirozlarga bog‘liq, ammo kompaniya Ma’lumotlar himoyasi bo‘yicha umumiy reglamentga (GDPR) rioya qilganini bildirmoqda.
Irlandiya komissiyasi LinkedInʼga qarshi tergovni fransuz ma’lumotlar regulyatoriga kiritilgan shikoyatdan keyin boshlagan. LinkedIn boshqa yirik texnologik kompaniyalar kabi Irlandiyada shtab-kvartiraga ega, bu esa mahalliy regulyatorlar YeI qoidalariga rioya etilishini ta’minlashi lozimligini anglatadi.
Avvalroq Amerikaning Incogni kompaniyasi tahlilchilari “Ijtimoiy tarmoqlarning maxfiylik reytingi —2024” jadvalini tuzgandi. Jadvalning eng yuqorisida jami 15 ta ijtimoiy tarmoq va messenjer, jumladan Telegram, WhatsApp, Facebook, Discord, YouTube va boshqalar jamlangan.
Mavzuga oid
11:50 / 31.10.2024
Ukraina 2029 yilgacha YeIga a’zo bo‘lishi mumkin – yevrokomissar
13:30 / 26.10.2024
YeI KXDRni RFning Ukrainaga qarshi urushida ishtirok etmaslik haqida ogohlantirdi
10:50 / 25.10.2024
YeI davlatlari RF aktivlari hisobidan Ukrainaga 35 mlrd yevro ajratishni ma’qulladi
08:50 / 25.10.2024