Jahon | 11:50 / 31.10.2024
1016
3 daqiqa o‘qiladi

Ukraina 2029 yilgacha YeIga a’zo bo‘lishi mumkin – yevrokomissar

Ukraina va Moldova Yevrokomissiyaning navbatdagi mandati tugagunga qadar YeI a’zosi bo‘lishi mumkin, dedi Yevropa komissari Oliver Varxeyi.

Foto: neweasterneurope.eu

30 oktyabr, chorshanba kuni Yevrokomissiya birinchi marta Ukraina va Moldovaning YeIga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan aniq sanani aytdi, deb xabar beradi DW muxbiri Bryusseldan. 

«Biz G‘arbiy Bolqon, Moldova va Ukraina mamlakatlari uchun islohotlarni tezlashtirishga yordam berish maqsadida qo‘shimcha vositalarni yaratdik. Bu vositalar mamlakatga qarab O‘sish rejasi, Ukraina rejasi deb ataladi. Va bu reja bilan biz G‘arbiy Bolqon davlatlari, Moldova, shuningdek, Ukraina uchun ham hamma narsani tayyorlab qo‘ydik. Ular Yevrokomissiyaning navbatdagi mandati tugagunga qadar YeI a’zosi bo‘lishlari uchun islohotlarni yakunlashi kerak», dedi qo‘shnichilik va kengayish bo‘yicha Yevropa komissari Oliver Varxeyi. 

Yevropa Komissiyasining vakolati besh yil davom etadi, keyingisi 2029 yilda tugaydi.

G7 Kiyevni NATOga a’zo bo‘lish yo‘lida qo‘llab-quvvatladi

Neapolda G7 mudofaa vazirlari Ukrainani «to‘liq yevroatlantik integratsiya, jumladan, NATOga a’zo bo‘lish sari qaytmas yo‘li»ni qo‘llab-quvvatladi. Bu 19 oktyabr kuni e’lon qilingan qo‘shma deklaratsiyadan kelib chiqadi.

«Biz Ukrainaga yordam ko‘rsatishni davom ettirish niyatimiz borligini, jumladan, qisqa va uzoq muddatda harbiy yordam ko‘rsatilishini ta’kidlaymiz», — deyiladi uchrashuv yakunlari bo‘yicha bayonotda.

Italiya G7'ga raislik qilyapti, u, shuningdek, AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Yaponiyani o‘z ichiga olgan. Neapoldagi muzokaralarda Yevropa Ittifoqi, NATO vakillari va Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov ham ishtirok etdi.

Italiyada shu yil yozida G7 davlatlari Ukrainaga muzlatilgan Rossiya aktivlari hisobidan moliyalashtiriladigan 50 milliard dollargacha (46 milliard yevro) kreditlar taqdim etish paketini qabul qildi. Yevropa Ittifoqi Kengashi qarori hali rasmiy protsedura orqali tasdiqlanishi kerak, bu boshqa narsalar qatori Yevropa parlamentining roziligini ham talab qiladi. Maqsad — kreditni keyingi yilning boshidanoq Ukrainaga o‘tkazish, keyinchalik to‘lash maksimal 45 yil muddatda amalga oshiriladi.

Mavzuga oid