Jamiyat | 10:02 / 28.09.2016
12255
2 daqiqa o‘qiladi

XXI asr inkvizitsiyasi: Peruda jodugarlikda ayblab, ayol kishini yoqib yuborishdi

Peruda jodugarlikda ayblab, bir ayolni tiriklayin yoqib yuborishdi. Bu haqda 27 sentabr kuni Associated Press xabar bermoqda.

Puerto-Bermudes hududi prokurori Ugo Maurisioning so‘zlariga ko‘ra, voqea Shiringamatu Alto jamoatchiligida yuz bergan.

Hindular 73 yashar Roza Vilyar Xarionikani jodugarlikda hamda odamlarga zarar keltirishda gumon qilishgan. Ayolga joriy qilingan jazoni 40 kishi qabul qildi. Uni qabila yetakchisi tasdiqlagan.

Xarionikaning qo‘llarini bog‘lashgan va quruq o‘tinlarni yon-atrofiga terib qo‘yishgan. So‘ngra ularga benzin sepib, o‘t qo‘yishgan. Voqea mobil telefonda videoga olingan. Unda ayolning nechog‘lik qichqirayotganining guvohi bo‘lish mumkin.

Prokurorning so‘zlariga ko‘ra, biror bir dalil qoldirmaslik uchun jamoa uni uch kun tinmay yoqishgan. Voqea joyiga yetib borgan politsiya u yerdan bir qancha suyak qoldiqlari topishgan. Huquqni muhofaza qilish organlari jinoyatdan qanday qilib xabardor bo‘lishgani noma'lum. Jinoyat bilan bog‘liq biror-bir kishining qo‘lga olinganiga ham oydinlik kiritilmagan.

Mavzuga oid