O‘zbekiston | 14:46 / 02.10.2016
24650
1 daqiqa o‘qiladi

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida hokim almashdi

Namanganda xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Namnews.uz» xabar bergan.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi: tuman hokimi Abdulxapiz Abdukarimov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Tumanga Namangan viloyatining sobiq hokimi, hozirda don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Namangan ilmiy-tajriba stansiyasi direktori bo‘lib ishlab turgan Bahodir Yusupov yangi hokimi etib tasdiqlandi.

Ma'lumot uchun, Bahodir Yusupov 2009—2015 yillarda Namangan viloyati hokimi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Mavzuga oid