Jamiyat | 11:52 / 03.10.2016
47746
2 daqiqa o‘qiladi

Bosh vazir virtual qabulxonasiga murojaat qilgan MChJ o‘z “Captiva”sini avtosalondan olib chiqdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasiga murojaatlar kelishi davom etmoqda. Ularning barchasi ijobiy hal etilgan. Quyida murojaatlarning ayrimlari bilan tanishtiramiz:

“Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro A.X.A. tomonidan 2016 y. 28 sentabr kuni O‘zR Bosh vazirining virtual qabulxonasiga Agrobankka qo‘ygan omonatini o‘z vaqtida ololmayotgani sababli yordam so‘rab murojaat qilindi, natijada 29 sentabr kuni fuqaroga 26 mln. so‘m miqdoridagi o‘z omonati naqd pulda to‘lab berildi”.

“Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro P.V.Ya. tomonidan 2016 y. 27 sentabr kuni O‘zR Bosh vazirining virtual qabulxonasiga pensiyani o‘z vaqtida ololmayotgani sababli yordam so‘rab murojaat qilindi, natijada 30 sentabr kuni fuqaroning pensiyasi to‘liq to‘lab berildi va bu kabi holatlarga boshqa yo‘l qo‘yilmasligi haqida tushuntirildi”.

“Toshkent shahridagi “O‘quv ishlab chiqarish markazi” MChJ tomonidan joriy yilning 25 sentabr kuniO‘zR Bosh vazirining virtual qabulxonasiga «GM Uzbekistan» AJ i «SERGELI-AVTOTEXSERVIS» AJ 21.05.2015 y. tuzilgan «KAPTIVA» avtomobilini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini vaqtida bajarmayotgani yuzasidan shikoyat bilan murojaat qilingan. 

Natijada 30 sentabr kuni murojaat qilgan tadbirkorlik sub'yekti arizasi ijobiy qanoatlantirildi va u o‘z avtomobiliga ega bo‘ldi”.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga ariza, taklif va shikoyatlarni (0 800) 210-0000 yoki «1000» qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilgan holda yuborishingiz mumkin (qo‘ng‘iroq respublika bo‘yicha bepul bo‘lib, undan faqatgina statsionar telefonga qo‘ng‘iroq qilish narxi bo‘yicha haq olinadi).
 

Mavzuga oid