Jamiyat | 13:38 / 06.10.2016
4359
1 daqiqa o‘qiladi
"Metyu" bo‘roni oqibatida Florida shtatidan 1,5 mln.dan ortiq aholi evakuatsiya qilindi
AQShning Florida shtatiga "Metyu" bo‘roni xavf solgani bois 1,5 million aholi evakuatsiya zonasida qolmoqda. Bu haqda shtat gubernatori Rik Skottning rasmiy saytida ma'lum qilingan.
Ayrim tumanlarda esa odamlar hukumat tomonidan taqdim etilgan boshpanalarga ko‘chirilmoqda. Xabarlarga ko‘ra, shtatdagi ta'lim muassasalari ommaviy ravishda yopilgan.
"Metyu" bo‘roni Bagam orolaridan yopirildi. Uning xavfliligi uchinchi daraja deb qayd qilingan. Ayni damda bo‘ron ichidagi shamol tezligi soatiga 185 km.ni tashkil etmoqda. Uning Karib havzasiga yaqinlashishi oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024