Jahon | 15:38 / 08.10.2016
10112
1 daqiqa o‘qiladi

Saakashvili Gruziyaga qaytish qarorini o‘zgartirdi

Foto: AFP

Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashvili Gruziyadagi parlament saylovlaridan so‘ng, vataniga qaytish qarorini o‘zgartirdi. Avval xabar berganimizdek, bugun Gruziyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tayapti. Unda, sobiq davlat rahbarining "Yagona milliy harakat" partiyasi ham ishtirok etayapti, deya xabar qilmoqda "112 Ukraina" telekanali.

"Mening Ukrainada katta rejalarim bor, men bu yerga shunchaki sayohat qilish uchun kelganim yo‘q. Shu bois, jang maydonini tashlab ketmasligim kerak, deb hisoblayman", — degan Saakashvili.

Gruziya sobiq prezidentining aytishicha, u saylovlardan keyin vataniga o‘z hisobidan ta'tilga chiqib boradi, biroq u yerda ko‘p qolmaydi. 

Avvalroq, Saakashvili o‘z partiyasining g‘alabasiga ishonishini hamda "saylov natijalarini himoya qilish uchun" Gruziyaga borishini aytgan edi. 

Mavzuga oid