Jahon | 19:08 / 09.10.2016
12569
2 daqiqa o‘qiladi

Mishel Obama Trampni ayollar haqidagi so‘zlari uchun tanqid qilib chiqdi

Foto: Reuters

AQShning birinchi xonimi Mishel Obama prezidentlik saylovida Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lmish Donald Trampning ayollar haqida 2005 yili aytgan haqoratli so‘zlari audioyozuvi tarqalganiga munosabatini bildirib o‘tdi.

Uning aytishicha, agar nomzod doimiy ravishda ayollarni kamsitib kelgan bo‘lsa, ayol kishining tanasi haqida haqoratli so‘zlarni yog‘dirgan, ayollarni tashqi ko‘rinishi uchun tanqid qilgan bo‘lsa, bu uning aslida kimligini ko‘rsatib beradi.

"Bizga vazmin va o‘zini sipo tuta oladigan rahbar kerak. Prezident gap hayot va o‘lim, urush haqida gap ketayotganida aql bilan chiqishlar qilishi kerak. Menimcha tungi soat 3da tvitter orqali ayollar bilan so‘kishib o‘tiradigan shaxs yadro qurolini ishga solish huquqiga ega bo‘lmasligi kerak. Bu fikrimga barcha qo‘shilsa kerak", deya uning so‘zlarini keltirgan Just Jared.

U barcha amerikaliklar soliq to‘lash burchini bajargani holda, Tramp  ko‘p yillar davomida bunday qilmay kelganini eslatgan. 

Washington Post nashri 7 oktabrda Trampning ishtirokidagi 2005 yildagi videoni chop etdi. Tramp unda ayollarga tegajoqlik qilishi bilan maqtangan.

Bugun esa CNN telekanali ham Tramp ishtirokidagi videodan parcha namoyish qildi.

Endilikda uning amerikaliklar orasidagi nufuzi tushishda davom etib, saylovda g‘alaba qozonish imkoniyati deyarli yo‘qqa aylanmoqda.

Mavzuga oid