O‘zbekiston | 21:28 / 15.10.2016
19124
5 daqiqa o‘qiladi

Kechki dayjest: 15 oktabrning eng muhim xabarlari

Foto: Kun.uz

Yakunlanib borayotgan 15 oktabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

“O‘zstandart” agentligi bosh direktori lavozimidan ozod etildi


Foto: Kun.uz

Kun.uz saytining “O‘zstandart” agentligidagi manbasiga ko‘ra, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori Qurbonov Abdusalom Qobulbekovich lavozimidan ozod etilgan.

>>>  Batafsil.

Varshavadagi turar joy binosida portlash sodir etildi


Foto: ukrainnews

Varshavadagi turar joy binosida qo‘lbola bomba portladi. Oqibatda bir kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi jarohat oldi.

>>> Batafsil.

AQSh HDK tergovchisi maxfiy ma'lumotlarni sotganligi uchun qamaldi


Foto: abcnews

AQSh sudi mamlakat harbiy dengiz kuchlari tergovchisi Jon Belivoni maxfiy ma'lumotlarni sotganligi uchun 12 yillik qamoq jazosiga mahkum etdi.

>>>  Batafsil.

BMTning yangi bosh kotibi tashkilotning ustuvor vazifasini ma'lum qildi


Foto: AP

BMTning yangi saylangan bosh kotibi Antoniu Guterrishning bayonot berishicha, Suriya mojarosiga barham berish tashkilotning ustuvor vazifasi bo‘lishi kerak.

>>> Batafsil.

Obama Suriya inqiroziga oid yangi topshiriq berdi


Foto: Reuters/Carlos Barria

AQSh prezidenti Barak Obama mamlakat Milliy xavfsizlik kengashining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazgan. Unda Suriyadagi vaziyat hamda IShID terrorchilik guruhini zaiflashtirish va batamom yo‘q qilish masalasi muhokama etilgan.

>>>  Batafsil.

Narendra Modi: Ikki yangi do‘stdan bir qadrdon yaxshi


Foto: Twitter/MIB India

Hindistonning Goa shtatida Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

>>>  Batafsil.

Rossiya HDFdagi yagona harbiy kemasini Suriyaga yubordi


Foto: AP

Rossiya Federatsiyasi Shimoliy dengiz floti tarkibidagi «Admiral Kuznetsov» aviatashuvchi kemasini O‘rta yer dengizining Suriya sohillariga safarbar etdi.

>>> Batafsil.

Rossiya va Xitoy rahbarlari Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishdi


Foto: e-gorlovka.com.ua

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy raisi Si Tszinpin Goada bo‘lib o‘tayotgan BRIKS sammiti vaqtida Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishdi.

>>> Batafsil.

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya Yamanda motam marosimiga zarba berganini tan oldi


Foto: Reuters

Yamanda isyonchilarga qarshi kurash olib borayotgan Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya Yaman poytaxti Sanoda motam marosimi o‘tayotgan binoga zarba berilishi tergovi natijalariga ko‘ra, zarba xato tufayli berilganini e'lon qildi.

>>> Batafsil.

Shol bo‘lgan amerikalik sun'iy qo‘l bilan his eta boshladi


Foto: UMPC

Amerikalik olimlar ishlab chiqqan neyrointerfeys shol insonga protez yordamida narsalarni his qilish imkonini berdi.

>>> Batafsil.

Limonning biz bilgan va bilmagan foydali xususiyatlari


Foto: baltana.com


Limonning nordon va o‘tkir ta'mi insonni tetiklashtiradi va immunitetimizga turli viruslar hamda kasalliklar bilan kurashishga yordam beradi. Biroq ko‘pchilik bu mevaning foydali xususiyatlari haqida yetarlicha ma'lumotga ega emas.

>>> Batafsil.

Dunyoning eng xavfsiz 10 mamlakati

Foto: Fotolia

 

Har kuni oynai jahon orqali dunyoning turli mamlakatlarida ro‘y berayotgan dahshatli va ayanchli yangiliklardan xabardor bo‘lamiz. Bugungi kunda sayohatlarni ehtiyot bo‘lib rejalashtirgan ma'qul, hozir munosib dam olish o‘rniga biror bir muammoga yo‘liqish xavfi juda baland. Aynan shu maqsadda Iqtisodiyot va tinchlik instituti mustaqil tashkiloti har yili dunyoning nisbatan eng xavfsiz mamlakatlari ro‘yxatini tuzadi.

>>>  Batafsil.

Osiyo Chempionati—U19. O‘zbekiston Tojikiston bilan o‘yinda irodali g‘alabaga erishdi

Foto
Foto: the-afc


Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida o‘zining ilk o‘yinini Tojikistonga qarshi o‘tkazgan O‘zbekiston termasi irodali g‘alabaga erishdi — 2:1.

>>> Batafsil.

APLda amaldagi chempion navbatdagi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi

Foto: eurosports

Angliya premer-ligasida 8-tur uchrashuvlari boshlandi. Dastlabki o‘yinda «Chelsi» o‘tgan mavsum chempioni «Lester»ni qabul qildi.

>>> Batafsil.

Mavzuga oid