Jahon | 11:25 / 18.10.2016
11277
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya hukumati imperatorni taxtdan mahrum qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Foto: AP

Yaponiya hukumati imperator Akixitoni taxtdan mahrum qilish bo‘yicha maxsus qonunni tayyorlashni rejalashtirayapti. Bu haqda, Kiodo axborot agentligi hukumatdagi manbasiga tayangan holda xabar qilmoqda

Ma'lumotlarga ko‘ra, imperator 2018 yilgacha taxtda o‘tirishi mumkin. 

Shu yilning avgust oyida 82 yoshli imperator Akixito xalqiga qilgan telemurojaatida "xrizantemali toj"dan voz kechmoqchi ekani haqida so‘z yuritgan edi. Uning aytishicha, sog‘lig‘i va yoshi bilan bog‘liq muammolar davlat va xalq birligi "timsoli" vazifasini bajarishga imkon bermayapti.  

Shu munosabat bilan, Tokioda 17 oktabrdan maxsus komissiya ish boshlagan. U muammoni hal etishning turli usullarini o‘rganib chiqadi. Chunki, mamlakatning hozirgi qonunchiligida imperatorning taxtdan voz kechishiga oid bandlar mavjud emas. 

Akixito 1989 yilda taxtga o‘tirgan edi. U tojni topshirsa, 56 yoshli shahzoda Naruxito taxtga chiqadi.

Mavzuga oid