Irkutsk viloyatida psixonevrologik bo‘lim bolalar bog‘chasi bilan bir binoda ekanligi aniqlandi
Irkutsk viloyatida psixonevrologik bo‘lim bilan bir binoda joylashgan bolalar bog‘chasi aniqlandi. Shunisi qiziqki, bolalar va bemorlar o‘rtasida hech qanday to‘siq yo‘q. Bu haqida viloyat Tergov qo‘mitasining rasmiy sayti xabar berdi.
Tergovga qadar o‘tkazilgan tekshiruv davomida bolalar va voyaga yetgan bemorlarning dahlizi bir bo‘lgan alohida binoda joylashganligi ma'lum bo‘ldi, bolalar bog‘chasi va ruhiy xasta bemorlar shifoxonasi bo‘limini ajratib turuvchi eshik esa tergovchilar tashrif buyurgan paytda ochiq bo‘lgan.
"Maktabgacha ta'lim muassasasiga tashrif buyuruvchi bolalar sayri ruhiy kasalliklarga chalingan bemorlar bilan bir vaqtda hamda bir hududda amalga oshiriladi. Ayonki, bunday vaziyatda bolalarning xavfsizligi haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas".
RFning Irkutsk viloyati bo‘yicha Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati
Shuningdek tergovchilar bo‘limda tibbiy xizmat ko‘rsatishga doir litsenziya faqatgina tibbiy uqalash va pediatriyadagi hamshiralik ishi yo‘nalishida ekanligiga diqqat qaratildi. Bo‘limda esa 30 nafar katta yoshli bemor bor.
Psixonevrologik bo‘limda davolovchi shifokor lavozimi ko‘zda tutilmagan, bundan tashqari nevrolog va psixiatr ham yo‘q. Shunday ekan, ruhiy kasalliklar shifoxonasi bemorlari faqatgina bolalar emas, kattalar hayotiga ham xavf soladi.
Viloyat hukumatiga mazkur vaziyatga oydinlik kiritishni so‘rab murojaatnoma yo‘llangan.
Mavzuga oid
20:43 / 28.06.2024
Buxorodagi bog‘chada bolalardan birining otasi boshqa bolaga jarohat yetkazdi
15:26 / 22.06.2024
Jizzaxdagi bog‘chada bolalarni oyoq kiyim bilan urgan tarbiyachiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
16:06 / 07.06.2024
"Saraton va boshqa jiddiy kasalliklar bog‘chadagi sifatsiz taomlanishdan kelib chiqmoqda" - mutaxassis bilan suhbat
17:30 / 25.05.2024