Toshkent xalqaro aeroportida Samsung Galaxy Note 7 bilan bog‘liq e'lonlar paydo bo‘ldi
Toshkent aeroportining xalqaro parvozlarni amalga oshiruvchi terminalidagi ro‘yxatga olish hududida yangi ogohlantirish e'lonlari paydo bo‘ldi. Unda, Samsung Galaxy Note 7 smartfoni bilan bog‘liq ehtiyot choralari haqida so‘z boradi. Xususan bu e'lonlarni Air Astana aviakompaniyasi reysi uchun ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida ko‘rish mumkin bo‘lgan. E'londa shunday deyiladi:
Parvoz xavfsizligini ta'minlash maqsadida, Samsung Galaxy Note 7 mobil telefoni bilan parvoz qilishni rejalashtirayotgan yo‘lovchilar quyidagi talablarga rioya qilishlari kerak:
- telefon faqat qo‘l yukida olib o‘tilishi kerak
- telefon parvoz davomida o‘chirilgan bo‘lishiga ishonch hosil qilish
- parvoz vaqtida telefonni umuman qayta quvvatlantirmaslik
Mavzuga oid
22:16 / 27.09.2024
To‘qayev korteji marshrutidan o‘q otish qurollari topildi
20:17 / 27.09.2024
Qozog‘istonda o‘zining ichki organlarini qariyb 19 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
14:00 / 27.09.2024
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasini demarkatsiya qilish shartnomasi BMTga topshirildi
19:18 / 25.09.2024