O‘zbekiston | 17:21 / 23.10.2016
10835
2 daqiqa o‘qiladi

Hotamjon Ketmonov: Qo‘shni mamlakatlarga nisbatan ochiq va pragmatik siyosat yuritish muhim

Foto: Xalq demokratik partiyasi matbuot xizmati

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonov o‘z ma'ruzasida qo‘shni mamlakatlarga nisbatan ochiq va pragmatik siyosat yuritish muhimligini ta'kidlab o‘tdi. Ma'ruzaning to‘liq matni partiya rasmiy saytida chop etildi.

«Qo‘shni mamlakatlarga nisbatan ochiq va pragmatik siyosat yuritish, ular bilan savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli va foydali hamkorlikni rivojlantirish, mintaqadagi ekologik vaziyatni yaxshilash, Markaziy Osiyodagi transchegaraviy daryolar suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari bo‘yicha xalqaro tashabbuslarni ilgari surish borasidagi sa'y-harakatlarni izchil davom ettirish nihoyatda muhim masaladir», — dedi u o‘z chiqishida.

«Tashqi siyosiy faoliyatning muhim vazifasi bu O‘zbekistonning mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash vazifalarini hal etishdagi faol va tashabbuskor ishtirokidir. Ushbu maqsadlarda Markaziy Osiyo mamlakatlari, dunyoning boshqa davlatlari, nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, odam savdosi va boshqa tahdidlarga qarshi kurash masalalari bo‘yicha hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish va kuchaytirish zarur», — qo‘shimcha qildi Hotamjon Ketmonov.

Mavzuga oid