Avstraliya bosh vazirining reytingi aksilrekord o‘rnatdi
Avstraliya bosh vazirining mamlakatdagi obro‘si uning hukumat tepasiga kelgan vaqtdan buyon birinchi marta eng past darajagacha tushib ketdi. Bu haqda The Australian gazetasi Newspoll o‘tkazgan ijtimoiy so‘rov natijasiga tayangan holda yozmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, qit'a mamlakat aholisining atigi 29 foizi Ternbull siyosatidan rozi ekanini bildirgan. So‘ralganlarning 57 foizi uning boshqaruvini ma'qullamagan, 14 foizi javob berishga qiynalgan.
Ayni vaqtda, Avstraliya sobiq bosh vaziri Toni Abbott bir yil muqaddam iste'foga chiqishi avvalida 30 foiz aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi. O‘shanda, Ternbull uni lavozimidan ketkazish zarurligini aytgandi. Abbott hukumat rahbarligidan ketgach, o‘rnini Ternbullning o‘zi egalladi. Dastlab, uning siyosatini avtraliyaliklarning 60 foizi ma'qulladi. Ammo, bir yil davomida uning tarafdorlari kamayib bordi.
Mavzuga oid
18:59
Imperator pingvini ilk bor Avstraliya sohillariga qadar suzib bordi
22:21 / 09.11.2024
Avstraliya plyajlarida ochlikdan qiynalgan minglab bo‘ronqushlar jasadi paydo bo‘ldi
23:05 / 07.11.2024
Avstraliyadagi plyajdan topilgan sirli sharlar tarkibi ma’lum bo‘ldi
19:11 / 07.11.2024