Jahon | 22:49 / 27.10.2016
11550
1 daqiqa o‘qiladi

Fotogalereya: Italiyaning markaziy qismidagi zilzila

Foto: AP

 

26 oktabr kuni Italiyada 6,2 balli yana bir kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Uning epimarkazi o‘n kilometr chuqurlikda joylashdi.

Keyinchalik zilzila 5,5 va 4,4 ball bilan qaytalandi. Ikkinchi yer silkinishining epimarkazi Kastelsantanjyelo-sul-Nera shahri yaqinida joylashdi. Shahar meri Mauro Faluchchining so‘zlariga qaraganda, shaharda elektr ta'minoti uzilib qolgan.

Qurbonlar va jabrlanganlar haqida ma'lumotlar kelib tushmadi.

Eslatib o‘tamiz, 24 avgustga o‘tar kechasi Italiyaning markaziy qismida kuchli zilzila yuz bergan edi. Tabiiy ofat oqibatida 300 kishining halok bo‘lganligi ma'lum qilingan edi.

Mavzuga oid