Jahon | 15:47 / 27.10.2016
4751
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Iroqdagi o‘z harbiylari sonini oshirishi mumkin

Foto: Hürriyet Daily News

Turkiya Iroq shimolidagi Bashik harbiy bazasida qo‘shimcha harbiy kontingentlarini joylashtirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu Iroq bilan lager masalasidagi muzokaralar qanday yakunlanishiga bog‘liq.

Hurriyet xabariga ko‘ra, Mo‘suldan shimolda joylashgan Bashik bazasida o‘tgan yilning dekabr oyida 500 nafarga yaqin turk harbiy xizmatchilari mavjud edi. Ular mahalliy sunniylar otryadlari va Iroq kurdlariga o‘quv mashg‘ulotlari olib borishadi.

Iroq Turkiyaga bir necha bor o‘z harbiylarini olib chiqib ketishni, bu ishlar markaziy hukumat tomonidan tasdiqlanmaganini aytib keladi.

Hurriyet gazetasining harbiylar orasidagi manbasiga ko‘ra, Iroqdagi Turkiya harbiylarini kengaytirish IShID terrorchilik tashkiloti tomonidan bo‘layotgan xavf bilan bog‘liq. Turkiya Mo‘sul IShIDdan ozod bo‘lmaguncha, harbiy kontingentini Iroqda saqlab qolishini ma'lum qilgan.

Mavzuga oid