Sport | 21:34 / 30.10.2016
8098
1 daqiqa o‘qiladi

Birinchi raqamli ayol tennischi WTA’ning yakuniy musobaqasi finalida mag‘lub bo‘ldi

Foto: © EPA/WALLACE WOON

Slovakiyalik tennischi Dominika Tsibulkova ayni vaqtda ayollar o‘rtasidagi birinchi raqamli tennischi, germaniyalik Angelika Kerberni Ayollar tennis uyushmasining (WTA) yakuniy musobaqasi finalida mag‘lub etdi.  

WTA reytingida 8-o‘rinni egallayotgan Tsibulkova hal qiluvchi o‘yinda Kerberni 6:3, 6:4 hisobida yutdi. Uchrashuv 1 soat 16 daqiqa davom etdi.

27 yoshli Tsibulkova uchun bu WTA’ning birinchi yakuniy musobaqasi bo‘ldi.

Singapurda o‘tgan musobaqaning mukofot jamg‘armasi 7 mln dollarni tashkil qildi. 

 

Mavzuga oid