Jamiyat | 17:22 / 30.10.2016
28307
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus Saratov viloyatida chuqurlikka qulab ketdi
Rossiyaning Saratov viloyatidagi Tatishchevsk tumanida avtobus qulashi natijasida 15 nafar kishi jabrlandi, bir kishi shifoxonaga yotqizildi. Bu haqida RIA "Novosti" favqulodda xizmatlardagi manbasiga tayanib, xabar berdi.
"Ichida 24 kishi bo‘lgan avtobus Karyakino qishlog‘i yonidagi chuqurlikka qulab ketgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bir kishi umurtqa pog‘onasidan jiddiy jarohat olganligi taxmin qilinib, shifoxonaga yetkazildi", - dedi agentlik suhbatdoshi.
"Jami 15 nafar kishi jabrlandi", - qo‘shimcha qildi u va ko‘pchilikda kichik jarohatlar qayd etilganini ta'kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, avtobusda O‘zbekiston fuqarolari ham bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:45 / 21.09.2024
Zelenskiy Rossiya bilan muzokara uchun «uchta band» tayyorlayotganini ma’lum qildi
17:47 / 21.09.2024
Ukrainadagi urushning hozirgi pallasi: ekspertlar sharhi
15:30 / 21.09.2024
Moskva Rossiya bozorini tark etgan xorijliklar uchun to‘lovni oshirmoqchi
14:30 / 21.09.2024